{"id":6556,"date":"2022-03-04T12:45:24","date_gmt":"2022-03-04T07:45:24","guid":{"rendered":"https:\/\/testga.uz\/?p=6556"},"modified":"2022-03-27T21:59:18","modified_gmt":"2022-03-27T16:59:18","slug":"qurilish-loyihalari-muhokama-qilindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/testga.uz\/?p=6556","title":{"rendered":"Qurilish loyihalari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<section class=\"footer_block\">\n<div class=\"footer row\">\n<div class=\"col-md-4\">\n<div class=\"logo_img\">\n<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Uning qurilishi o\u2018tgan yili Ramazon oyida boshlangan edi. Bugungi kunda binolar qad rostlab, pardozlash ishlariga oz fursat qoldi. Taqdimotda majmuaning ichki va tashqi ko\u2018rinishiga oid chizmalar ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Unga ko\u2018ra, majmua devorlari milliy naqshlar, pardozbop toshlar bilan sayqallanadi. Imom Buxoriy bobomiz maqbarasida naqqoshlik va xattotlik san\u2019ati uyg\u2018unlashadi. Uning devorlariga qadimiy uslubda Qur\u2019oni karim suralari va hadislar yoziladi. Barcha pardozlash ishlarida yorqin, \u201cissiq\u201d ranglardan ko\u2018proq foydalaniladi.<\/p>\n<p>Xorazm viloyatida ham katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Buning izchil davomi sifatida Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiga ko\u2018ra, u yerda universitet, maktab va bog\u2018cha, IT park, fan va madaniyat markazlari, sport majmuasi barpo etiladi. Shaharcha markazida Muhammad al-Xorazmiy maydoni bo\u2018ladi, buyuk allomaning yangi haykali o\u2018rnatiladi.<\/p>\n<p><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6584\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-7.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-7.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-7-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-7-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-7-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi majmuasi ham qurilmoqda. Bugungi kunda jasur sarkardaning muhtasham haykali o\u2018rnatilgan. Atrofdagi qariyb 8 gektar maydon obodonlashtirilmoqda.<\/p>\n<p>Shunga yaqin joyda ming o\u2018rinli san\u2019at saroyi bunyod etish ham mo\u2018ljallangan. U yerda Xorazm lazgisi an\u2019analarini saqlash, o\u2018rganish va keng yoyish zamonaviy sharoit yaratiladi. Turli tadbirlar, konsertlar o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>2020-yil 22-oktabrda \u201cHarbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201d Prezident qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, O\u2018zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.<\/p>\n<p>Qarorda mazkur Akademiya uchun yangi binolar qurish va o\u2018quv-moddiy bazasini takomillashtirish bo\u2018yicha vazifalar belgilangan. Taqdimotda shu boradagi loyihalar haqida ham axborot berildi. Unga ko\u2018ra, o\u2018quv va davolash binolari, yotoqxona, xizmat uyi qurilib, mavjud ob\u2019ektlar ta\u2019mirlanadi, hudud obodonlashtiriladi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6585\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-6.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-6.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-6-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-6-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-6-768x512.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Prezidentimiz loyihalarni takomillashtirish va sifatli qurish yuzasidan ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz tomonidan sport rivojiga katta e\u2019tibor qaratilib, zarur infratuzilma yaratilmoqda. Shu maqsadda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. 160 gektarni egallaydigan mazkur shaharchada universal stadion, ochiq va yopiq sport majmualari, yotoqxona, mehmonxona, Chirchiq daryosida eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Bu infratuzilma yirik musobaqalar o\u2018tkazish va bo\u2018lajak Olimpiya zaxiralari instituti uchun o\u2018quv-mashg\u2018ulot bazasi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda sayyohlar uchun keng sharoit yaratilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatining Bo\u2018stonliq tumanida \u201cChorvoq\u201d turistik-rekreatsion zonasi tashkil etilmoqda. Prezidentimizga shu boradagi ishlar haqida ham ma\u2019lumot berildi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6586\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-7.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"851\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-7.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-7-300x199.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-7-1024x681.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-7-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Unga ko\u2018ra, Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosi bo\u2018yida ekoturizm ob\u2019ektlari barpo etiladi. Buning avvalo qulay transport tizimi yo\u2018lga qo\u2018yiladi. \u201cChorvoq darvozasi\u201d va \u201cYusufxona\u201d hududlarida dam olish joylari, Janubiy Xo\u2018jakentda an\u2019anaviy tog\u2018 qishlog\u2018i barpo etiladi. Hududning xushmanzara tabiati va relefini saqlab qolishga alohida e\u2019tibor qaratiladi. Bog\u2018lar, piknik joylari, velosiped yo\u2018laklari tashkil qilinadi. Shunday loyiha Chimyon hududida ham rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari bu majmualar ommabop bo\u2018lishi zarurligini ta\u2019kidlab, barcha yurtdoshlarimiz, turli kasb egalariga mos arzon va qulay xizmatlar taklif etish vazifasini qo\u2018ydi.<\/p>\n<p>Toshkent shahrini yondosh hududga kengaytirish, yangi quriladigan mavzelarni infratuzilma va transport xizmatlari bilan ta\u2019minlash bo\u2018yicha loyiha konsepsiyasi ham ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/section>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Ma\u2019lumki, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Uning qurilishi o\u2018tgan yili Ramazon oyida boshlangan edi. Bugungi kunda binolar qad rostlab, pardozlash ishlariga oz fursat qoldi. Taqdimotda majmuaning ichki va tashqi ko\u2018rinishiga oid chizmalar ko\u2018rib chiqildi. Unga ko\u2018ra, majmua devorlari milliy naqshlar, pardozbop toshlar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6583,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6556","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","wd-post",false],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6556","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=6556"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6556\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6587,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6556\/revisions\/6587"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6583"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=6556"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=6556"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=6556"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}