{"id":6550,"date":"2022-03-01T15:31:25","date_gmt":"2022-03-01T10:31:25","guid":{"rendered":"https:\/\/testga.uz\/?p=6550"},"modified":"2022-03-27T21:59:18","modified_gmt":"2022-03-27T16:59:18","slug":"shavkat-mirziyoyev-har-bir-mahallaning-iqtisodiy-ijtimoiy-ilmiy-markazi-bolishi-kerak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/testga.uz\/?p=6550","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev: Har bir mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy markazi bo\u2018lishi kerak"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni yoshlar, sport, sog\u2018liqni saqlash, elektr energiyasi sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n<p>28 yanvar kuni maktab ta\u2019limini rivojlantirish masalalari bo\u2018yicha o\u2018tkazilgan videoselektor yig\u2018ilishida davlatimiz rahbari yoshlarning bo\u2018sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o\u2018rtasida sportni ommalashtirish bo\u2018yicha qator ko\u2018rsatmalar bergan edi. Taqdimotdagi loyihalar shuning mantiqiy davomi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Mutasaddilar avvalgi topshiriqlarga muvofiq, bu borada mahalla va maktablardagi sharoitlar o\u2018rganilgani haqida axborot berdi. Qayd etilganidek, yurtimizdagi 9 ming 309 ta mahalladan 763 tasida sport ob\u2019ekti, 6 mingdan ortig\u2018ida kutubxona yo\u2018q. Shuningdek, 10 ming 130 ta maktabdan 2 mingdan ziyodida sport zali, 22 tasida kutubxona majud emas.<\/p>\n<p>Bu joylarda sport maskanlari va kutubxonalar barpo etish bo\u2018yicha 3 xil tipdagi loyiha taklifi ishlab chiqilgan. Birinchisida kitob jovonlari va sport qurilmalari o\u2018rnatish, ikkinchisida ochiq sport maydonlari hamda uchinchisida yopiq inshootlar barpo etish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari bu loyihalarni ma\u2019qullamay, qayta ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha o\u2018z tavsiyalarini berdi.<\/p>\n<p>\u2013 Tasavvur qilinglar: qishloqlarda oddiy odamlarga nima kerak, yoshlarga nima kerak? Bolalar kechqurun nima o\u2018ynaydi? Yoshi kattalar qayoqqa borib, suhbatlashadi? Shularni o\u2018ylab, xalqimiz xohishini inobatga olib, loyiha qilish kerak. Masalan, mahallada maktab, stadion bor. Shuning yonida sun\u2019iy qoplamali mini-futbol maydoni, basketbol, stol tennisi, shaxmat-shashka uchun joylar tashkil etish mumkin. Bunga kerak hamma narsa o\u2018zimizda ishlab chiqarilayapti.<\/p>\n<p><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6552\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/1-7.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/1-7.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/1-7-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/1-7-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/1-7-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Ikkinchidan, shu joylarda kutubxona, kompyuterxona, oshxona, hammom qursa bo\u2018ladi. Kelgusida shifokor punktlarini ham joylashtirish mumkin. Umuman, bu orqali ham xizmatlar rivojlanadi, ham odamlar rozi bo\u2018ladi. Har bir mahallaning mana shunday iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy markazi bo\u2018lishi kerak, u yerda hayot qaynashi kerak, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Shundan kelib chiqib, loyihani takomillashtirish, mahalla markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish vazifasi qo\u2018yildi. Buning uchun tadbirkorlarga imtiyoz beriladi va evaziga ijtimoiy mas\u2019uliyat yuklanadi. Kunning ma\u2019lum soatlari mahalla yoshlari uchun tekinga ajratiladi. Egasi bo\u2018lgani uchun tadbirkor ham daromad topadi, majmua ham qarovsiz qolmaydi.<\/p>\n<p>Taqdimotda maktablar qamrovini oshirishga oid loyihalar ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, kelgusi besh yilda yurtimizda 1 million 200 ming o\u2018quvchi o\u2018rni tashkil etish zarur. Shu bois davlatimiz rahbari yangi maktablar qurish va mavjudlarining quvvatini oshirish bo\u2018yicha topshiriq bergan edi. Shunga asosan, 330, 660, 990, 1320 va 1650 o\u2018rinli maktablar loyihasi tayyorlangan. Bunda qo\u2018shimcha bino, ko\u2018p funksiyali zal, sanitariya-gigiyena xonalari qurish, zamonaviy laboratoriya, interaktiv doska, qulay o\u2018rindiqlar bilan jihozlash kabi barcha jihatlarga e\u2019tibor qaratilgan.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6553\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-4.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-4.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-4-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-4-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-4-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari mutaxassislar bilan har bir maktabning asosi va devori holatini o\u2018rganib chiqish zarurligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>\u2013 Buni nima uchun aytayapman? Iloji boricha, hozirgi maktablarning o\u2018zini kengaytirish kerak. Chunki bolalar ham, o\u2018qituvchilar ham o\u2018sha joyga o\u2018rgangan. Mahallaning o\u2018rtasida boshqa bo\u2018sh yer yo\u2018q. Chekka joydan qursak, borib-kelishga transport kerak, bolalar qatnashga qiynaladi. Shuning uchun maktablarning o\u2018ziga qo\u2018shimcha qavat yoki yonidan bino qurish maqsadga muvofiq, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p>Holatiga qarab, har bir maktabga alohida yondashish, aholi demografiyasini inobatga olib, qayerda necha qavatli bino qurishni hisob-kitob qilish bo\u2018yicha topshiriq berildi.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev o\u2018tgan yili onkologiya tibbiyot markazi loyihasi bilan bir necha bor tanishib, qator topshiriqlar bergan edi. Bugun shu bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma\u2019lumot berildi.<\/p>\n<p>Markaz binosi 10 qavatli, 650 o\u2018rinli bo\u2018ladi. 16 ta jarrohlik xonasi, 45 bemorga mo\u2018ljallangan reanimatsiya xonasi, davolash va tashxis bo\u2018limlarini o\u2018z ichiga oladi. Shuningdek, kuniga 100 kishiga xizmat ko\u2018rsatish quvvatiga ega statsionar faoliyat yuritadi. Bugungi kunda binoning poydevorini tayyorlash boshlangan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari markazni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bunda xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, kadrlar malakasini oshirish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p>Taqdimotda elektr energiyasi quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, shu yil 25-yanvar kuni mintaqamiz elektr ta\u2019minotida texnik uzilish sodir bo\u2018ldi. Bu barcha elektr stansiyalarga ta\u2019sir qilib, favqulodda vaziyat yuzaga keldi.<\/p>\n<p>Bunga bir qancha sabablar bor. Jumladan, yagona energetika tizimi 220-500 kilovoltli magistral elektr tarmoqlar orqali to\u2018liq halqalashtirilmagan. Shimoli-G\u2018arbiy va Janubi-G\u2018arbiy energouzelning asosiy qismida 500 kilovoltli tarmoqlar yo\u2018q. Ba\u2019zi magistral tarmoqlar qo\u2018shni davlatlar hududi orqali o\u2018tgan.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6554\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-3.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-3.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-3-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-3-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-3-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Shu bois, mamlakatimizda 500-750 kilovoltli tarmoqlarni qurish orqali yagona halqa tizimini hosil qilish rejalashtirilmoqda. Xususan, 2026 yilga borib, jami generatsiya quvvatlarini 27 ming 400 megavattga, yillik ishlab chiqarish hajmini 110 milliard kilovatt soatga yetkazish mo\u2018ljallangan. Shunda yurtimizning barcha hududlari 500-750 kilovoltli tarmoqlar orqali mustahkam bog\u2018lanadi va bir butun tizim yaratiladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz mutasaddilarga elektr energiyasi tizimini isloh qilish, qo\u2018shni davlatlar bilan sohadagi hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish zarurligini ta\u2019kidladi. Elektr energiyasi quvvatlarini oshirish hamda uni yetkazib berishni avtomatlashtirish bo\u2018yicha qaror loyihasini tayyorlashga ko\u2018rsatma berildi. Bundan asosiy maqsad elektr energiyasi tizimini barqaror qilib, xavfsizligini mustahkamlash, xalqimizni bu muhim manba bilan uzluksiz ta\u2019minlashdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni yoshlar, sport, sog\u2018liqni saqlash, elektr energiyasi sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. 28 yanvar kuni maktab ta\u2019limini rivojlantirish masalalari bo\u2018yicha o\u2018tkazilgan videoselektor yig\u2018ilishida davlatimiz rahbari yoshlarning bo\u2018sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o\u2018rtasida sportni ommalashtirish bo\u2018yicha qator ko\u2018rsatmalar bergan edi. Taqdimotdagi loyihalar shuning mantiqiy davomi bo\u2018ldi. Mutasaddilar avvalgi topshiriqlarga muvofiq, bu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6551,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6550","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","wd-post",false],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6550","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=6550"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6550\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6555,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6550\/revisions\/6555"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6551"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=6550"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=6550"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=6550"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}