{"id":6544,"date":"2022-03-01T15:15:01","date_gmt":"2022-03-01T10:15:01","guid":{"rendered":"https:\/\/testga.uz\/?p=6544"},"modified":"2022-03-27T21:59:18","modified_gmt":"2022-03-27T16:59:18","slug":"shavkat-mirziyoyev-hamma-islohotlarni-hamma-harakatlarni-jamiyat-bilan-birga-qilamiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/testga.uz\/?p=6544","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev: Hamma islohotlarni, hamma harakatlarni jamiyat bilan birga qilamiz"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni O\u2018zbekistonning 2022-2026-yillarga mo\u2018ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Bugun 35 milliondan ziyod ko\u2018pmillatli xalqimiz rivojlangan davlatlarga xos hayot darajasiga erishish, adolatli, erkin va farovon jamiyat qurishdek ulug\u2018 maqsadlar bilan yashamoqda. Shundan kelib chiqib, Shavkat Mirziyoyev o\u2018tgan yilgi Prezident saylovida \u201cInson qadri uchun\u201d, \u201cDavlat \u2013 inson uchun\u201d degan g\u2018oyalarni ilgari surgan edi. Ularni hayotga tatbiq etish maqsadida, aholining fikr va takliflari asosida 2022-2026 yillarga mo\u2018ljallangan taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi.<\/p>\n<p>Ushbu dasturiy hujjatda yaqin va o\u2018rta istiqbolda mamlakatimizning rivojlanish tendensiyalari qanday bo\u2018lishi, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilangan. \u201cHarakatlar strategiyasidan \u2013 Taraqqiyot strategiyasi sari\u201d degan tamoyil asosida islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta\u2019minlashga alohida e\u2019tibor qaratilgan.<\/p>\n<p>Joriy yilgi \u201cInson qadrini ulug\u2018lash va faol mahalla yili\u201d bo\u2018yicha davlat dasturi loyihasi ham yangi strategiyadan kelib chiqib tayyorlangan. Ochiq muhokamalar jarayonida aholidan 17 mingdan ziyod takliflar olingan. Ular tasniflanib va umumlashtirilib, dastur loyihasi 300 dan ortiq tashabbuslar bilan to\u2018ldirilgan.<\/p>\n<p><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6546\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-3.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-3.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-3-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-3-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-3-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari xalqimizga bunday faolligi, islohotlarga ishonchi va daxldorligi uchun minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>\u2013 Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta\u2019minlashni nazarda tutamiz. Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko\u2018rsatish, sifatli ta\u2019lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog\u2018lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz. Bu maqsadga erishish uchun esa dunyodagi noyob demokratik tuzilma bo\u2018lgan mahalla instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, pirovard natijada mahallani jamiyatimizning hal qiluvchi bo\u2018g\u2018inig\u0301a aylantirish vazifasini o\u2018z oldimizga qo\u2018ymoqdamiz. Mahalla tinch bo\u2018lsa, yurt tinch bo\u2018ladi. Mahalla obod bo\u2018lsa, butun mamlakat obod bo\u2018ladi, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p>Taraqqiyot strategiyasi 7 ta ustuvor yo\u2018nalish va 100 ta maqsaddan iborat. Bular:<\/p>\n<ol>\n<li>Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;<\/li>\n<li>Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;<\/li>\n<\/ol>\n<p>III. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o\u2018sish sur\u2019atlarini ta\u2019minlash;<\/p>\n<ol>\n<li>Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;<\/li>\n<li>Ma\u2019naviy taraqqiyotni ta\u2019minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;<\/li>\n<li>Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish<\/li>\n<\/ol>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6547\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-3.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-3.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-3-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-3-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-3-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>VII. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.<\/p>\n<p>Taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo\u2018yicha Davlat dasturida umumiy qiymati 55 trillion so\u2018m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbir ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda davlatimiz rahbari barcha sa\u2019y-harakatlar va mablag\u2018lar har bir mahallaga aniq yetib borishi, oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilishi kerakligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz 7 ta ustuvor yo\u2018nalishning har biriga alohida to\u2018xtalib, eng muhim jihatlarini aytib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Xususan, mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo\u2018g\u2018iniga aylantirish, xalq bilan muloqot tizimini takomillashtirish, hududiy dasturlarni jamoatchilik fikri asosida amalga oshirish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Xotin-qizlarning o\u2018qishi va ishlashi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish orqali ular orasidagi ishsizlikni 2 baravarga qisqartirish mumkinligi aytildi.<\/p>\n<p>Ikkinchi yo\u2018nalish haqida so\u2018z borar ekan, \u201cqonun ustuvorligi indeksi\u201d yuqori darajada bo\u2018lgan davlatlar qatoridan joy olish eng asosiy vazifalardan ekani ta\u2019kidlandi. Shu maqsadda mulk huquqini ishonchli himoya qilish, ma\u2019muriy sudlar vakolatlarini kengaytirish orqali fuqaro va tadbirkorlar huquqlarini kafolatli ta\u2019minlash bo\u2018yicha yangi tizim yaratiladi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6548\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-2.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-2-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-2-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Yo\u2018llarda xavfsiz sharoit yaratish, transport hodisalari va o\u2018lim holatlarini keskin qisqartirish uchun harakatlarni boshqarish to\u2018liq raqamlashtiriladi, haydovchilik guvohnomasiga o\u2018qitish kuchaytiriladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish yo\u2018nalishining ahamiyatiga atroflicha to\u2018xtaldi.<\/p>\n<p>\u2013 Hech kimga sir emas \u2013 bugun jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimizning hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta\u2019minlash eng muhim vazifa, kerak bo\u2018lsa, masalalarning masalasi bo\u2018lib turibdi. Faqat barqaror iqtisodiyotgina ijtimoiy muammolarni hal etish imkonini beradi, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Shu bois strategiyada iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks va jadal rivojlantirish, zamonaviy ish o\u2018rinlari yaratish va kambag\u2018allikni qisqartirish bo\u2018yicha ko\u2018plab chora-tadbirlar belgilangan.<\/p>\n<p>Xususan, kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 100 milliard dollardan oshirish maqsad qilingan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,4 baravar ko\u2018paytirish va kambag\u2018allik darajasini kamida 2 baravar qisqartirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Ilm-fan va innovatsiyalar, qishloq xo\u2018jaligiga bozor mexanizmlarini joriy etish orqali dehqon va fermerlar daromadini 2 baravar oshirib, agrar tarmoqda yillik o\u2018sishni kamida 5 foizga yetkazish imkoniyati bor.<\/p>\n<p>Shuningdek, kelgusi besh yilda iqtisodiyotga 120 milliard dollar, shu jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etish, eksport hajmini yiliga 30 milliard dollardan oshirish mo\u2018ljallangan.<\/p>\n<p>\u2013 Eng qiyini, bu ulkan vazifalarni hamon davom etayotgan pandemiya va global inqiroz sharoitida amalga oshirishga to\u2018g\u2018ri keladi. Bu bizdan katta kuch va mablag\u2018, mustahkam iroda va qat\u2019iy intizomni, barcha imkoniyatlarni to\u2018la safarbar qilishni talab etadi, \u2013 dedi davlat rahbari.<\/p>\n<p>Ijtimoiy yo\u2018nalishdagi asosiy vazifalar ham ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Xususan, kelgusi besh yilda maktablarda qo\u2018shimcha 1 million 200 ming o\u2018quvchi o\u2018rni yaratiladi hamda darsliklar yangilanadi. Davlat va xususiy bog\u2018chalarni ko\u2018paytirish orqali maktabgacha ta\u2019lim qamrovi 80 foizga yetkaziladi.<\/p>\n<p>Oliy o\u2018quv yurtlarining nufuzli xalqaro reytinglarga kirishi, xususiy sheriklik asosida 100 ming o\u2018rinli talabalar turar joyi barpo etilishi ham muhim vazifalardan.<\/p>\n<p>Shuningdek, birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, raqamli tibbiyotni keng joriy qilish zarurligi ta\u2019kidlandi. Dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun byudjetdan ajratiladigan mablag\u2018lar 3 baravar oshirilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Ma\u2019naviyat sohasiga oid chora-tadbirlar muhokama qilinar ekan, 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g\u2018oya asosida birgalikda kurashish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug\u2018ullanadigan aholi sonini 33 foizga yetkazish, Olimpiya va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish bo\u2018yicha vazifalar ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasini amalga oshirish masalalariga ham e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Mehnat migratsiyasini tizimli tashkil etish, fuqarolarni xorijiy tillar va kasbga o\u2018rgatish, xorijdagi vatandoshlar bilan muloqotni kengaytirish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Taraqqiyot strategiyasidagi yana bir muhim yo\u2018nalish \u2013 Vatanimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan.<\/p>\n<p>Shu maqsadda Yangi O\u2018zbekiston xavfsizligi konsepsiyasi qabul qilinadi. Axborot texnologiyalari bilan bog\u2018liq xurujlarning oldini olish va kiberxavfsizlikni ta\u2019minlash tizimi yaratiladi. Favqulodda vaziyatlarni boshqarish tizimi takomillashtiriladi. Ichki va tashqi moliyaviy oqimlarni monitoring qilish va bu bilan bog\u2018liq xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz taraqqiyot strategiyasi va yig\u2018ilishdagi topshiriqlarga doir hujjatlarni puxta ishlab chiqish, ularning ijrosi haqida keng jamoatchilikka hisobot berib borish talabini qo\u2018ydi.<\/p>\n<p>\u2013 Hamma o\u2018zgarishlarni, dasturlarning amaldagi ijrosini odamlar kundalik hayotida har kuni sezishi kerak. Mana shu asosiy maqsad, \u2013 deya ta\u2019kidladi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasiga Taraqqiyot strategiyasi va joriy yilgi Davlat dasturi bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi. Hokimliklarga hududiy dasturlarni ushbu hujjatlar bilan uyg\u2018unlashtirib, keng jamoatchilik muhokamasidan o\u2018tkazish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>\u2013 Hamma islohotlarni, hamma harakatlarni jamiyat bilan birga qilamiz. Hammamiz bir kuch, bir qudrat bo\u2018lib xalqimizga xizmat qilishimiz kerak, \u2013 dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Bosh vazir va uning o\u2018rinbosarlari, vazirlar, hokimlar, jamoatchilik vakillari so\u2018zga chiqdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni O\u2018zbekistonning 2022-2026-yillarga mo\u2018ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Bugun 35 milliondan ziyod ko\u2018pmillatli xalqimiz rivojlangan davlatlarga xos hayot darajasiga erishish, adolatli, erkin va farovon jamiyat qurishdek ulug\u2018 maqsadlar bilan yashamoqda. Shundan kelib chiqib, Shavkat Mirziyoyev o\u2018tgan yilgi Prezident saylovida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6545,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6544","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","wd-post",false],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6544","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=6544"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6544\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6549,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6544\/revisions\/6549"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6545"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=6544"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=6544"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=6544"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}