{"id":6541,"date":"2022-03-01T15:05:21","date_gmt":"2022-03-01T10:05:21","guid":{"rendered":"https:\/\/testga.uz\/?p=6541"},"modified":"2022-03-27T21:59:18","modified_gmt":"2022-03-27T16:59:18","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-markaziy-osiyo-va-xitoy-davlat-rahbarlari-sammitidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/testga.uz\/?p=6541","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari sammitidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p>Hurmatli Rais Si Szinpin janoblari!<\/p>\n<p>Muhtaram hamkasblar, aziz do\u2018stlar!<\/p>\n<p>Sizlarni samimiy qutlayman hamda Xitoy Xalq Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasida diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bildirilgan tabriklarga qo\u2018shilaman.<\/p>\n<p>Si Szinpin janoblariga uchrashuvimiz tashkil etilgani uchun alohida minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018tgan 30 yilda O\u2018zbekiston va Xitoy o\u2018rtasidagi har tomonlama strategik munosabatlar jadal va barqaror tus oldi.<\/p>\n<p>Hamkorligimizni yanada rivojlantirish maqsadida e\u2019tiborni quyidagi ustuvor yo\u2018nalishlarga qaratish muhim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Birinchi. Ipak yo\u2018lining Iqtisodiy makonini barpo etish borasidagi tashabbusning muhim vazifasi savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan iborat.<\/p>\n<p>Birgalikdagi sa\u2019y-harakatlar tufayli O\u2018zbekistonning Xitoy bilan tovar ayirboshlashi 30 yilda 140 karra ko\u2018paydi. Xitoyning iqtisodiyotimizga investitsiyalari hajmi 2017 yildan buyon besh barobar ortdi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, ushbu ko\u2018rsatkichlar mavjud ulkan salohiyatni to\u2018liq aks ettirmayapti.<\/p>\n<p>Bugun Xitoy \u2013 bu nafaqat \u201cglobal fabrika\u201d, balki \u201cglobal bozor\u201d hamdir.<\/p>\n<p>Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy iqtisodiyotlarining bir-birini to\u2018ldirib turuvchi ustunliklarini hisobga olgan holda ushbu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishdan manfaatdormiz.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Xitoyga to\u2018siqlarsiz savdoni ta\u2019minlash va tayyor mahsulotlar yetkazib beri hajmini oshirish bo\u2018yicha manzilli choralar ko\u2018rish, Xitoy texnologiyalarini jalb qilgan holda mintaqa mamlakatlari import qilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun umumiy sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish makonini shakllantirish ko\u2018zda tutilgan Yangi \u201cXitoy \u2013 Markaziy Osiyo\u201d iqtisodiy muloqoti qo\u2018shma strategiyasini ishlab chiqishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Ikkinchi. Transport infratuzilmasi Markaziy Osiyo va Xitoy o\u2018rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojining drayveridir.<\/p>\n<p>\u201cXitoy \u2013 Markaziy Osiyo\u201d yo\u2018nalishi bo\u2018ylab yetkazib berishda pandemiya oqibatida kelib chiqqan logistik uzilishlar mamlakatlarimizning ko\u2018plab tarmoqlarini zarur uskunalar va xomashyosiz qoldirdi.<\/p>\n<p>Bu holat ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlari va sifatiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan yuk oqimining uzluksizligini ta\u2019minlash va transmintaqaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish uchun tizimli yechimlar ishlab chiqishni favqulodda muhim deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Shu bilan bir qatorda, \u201cXitoy-Qirg\u2018iziston-O\u2018zbekiston\u201d temir yo\u2018lini qurish loyihasini amaliy ro\u2018yobga chiqarishga joriy yildayoq kirishish muhim.<\/p>\n<p>Ushbu masalalarni tezkor hal qilish maqsadida Markaziy Osiyo va Xitoy mamlakatlari hukumat rahbarlarining o\u2018rinbosarlari darajasida Muvofiqlashtiruvchi qo\u2018mita tuzishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Uchinchi. Pandemiyadan keyingi tiklanish va to\u2018rtinchi sanoat inqilobiga jadal o\u2018tish sharoitida raqamli texnologiyalarni keng qo\u2018llashning ahamiyati tobora ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Xitoyning bu sohada to\u2018plangan tajribasini hisobga olib, raqamli iqtisodiyot va savdoni rivojlantirish, elektron hukumat, blokcheyn va sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish sohasidagi o\u2018zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Ushbu yo\u2018nalishda amaliy natijalarga erishish maqsadida mamlakatlarimiz IT parklari negizida qo\u2018shma \u201cIntellektual Ipak yo\u2018li\u201d platformasini yaratishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchi. Jamoat salomatligini saqlash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashi borasida mamlakatlarimiz hamkorligini mustahkamlashni muhim deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Juda qisqa muddatda koronavirusga qarshi O\u2018zbekiston-Xitoy vaksinasini ishlab chiqarish yo\u2018lga qo\u2018yilib, ushbu vaksinaning o\u2018n yetti millionta dozasi tayyorlangani diqqatga sazovor.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, Sizga, hurmatli Si Szinpin janoblari, Xitoy Hukumati va xalqiga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda O\u2018zbekistonga beqiyos yordam ko\u2018rsatgani uchun minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Farmatsevtika, ana\u2019anaviy tibbiyot, vrachlar malakasini oshirish va soha shifoxonalari o\u2018rtasidagi sheriklik borasidagi hamkorligimizni kengaytirishga tayyormiz.<\/p>\n<p>Umid qilamizki, tez fursatda vaksinatsiya pasportlarini o\u2018zaro tan olish yuzasidan kelishuvlarga erishamiz.<\/p>\n<p>Beshinchi. Biz kambag\u2018allikni qisqartirish borasida izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishga aholi farovonligini ta\u2019minlashning eng muhim sharti sifatida qaraymiz.<\/p>\n<p>Xitoyning mutlaq kambag\u2018allik ustidan qozongan tarixiy g\u2018alabasini yuksak baholaymiz.<\/p>\n<p>Xitoy tajribasini qo\u2018llagan holda O\u2018zbekistonda kambag\u2018allikka qarshi kurash bo\u2018yicha ko\u2018rilayotgan chora-tadbirlar bizga hatto pandemiya sharoitida yarim millondan ziyod oilalarni kam ta\u2019minlanganlar toifasidan chiqarish imkonini berdi.<\/p>\n<p>2026-yilga borib kambag\u2018allik darajasini ikki barobar kamaytirishni maqsad qilganmiz.<\/p>\n<p>Bu maqsadga erishish uchun agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, sho\u2018rlangan va sho\u2018rxok yerlarda ekinlar yetishtirish, shahar va qishloq o\u2018rtasida ishlab chiqarish zanjirlarini yo\u2018lga qo\u2018yishda Xitoy bilan hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz.<\/p>\n<p>Oltinchi. Pandemiya sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash sohasida yaqin hamkorlik masalalari o\u2018tkir zaruratga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur vazifa yechimiga aholining oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tez o\u2018sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish bo\u2018yicha avvaldan qo\u2018shma chora-tadbirlarni amalga oshirish orqaligina \u00a0erishish mumkin.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan pandemiya sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha alohida rezolyutsiya qabul qilinishi to\u2018g\u2018risidagi tashabbusni birgalikda ilgari surishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Ushbu hujjatda oziq-ovqat tarmog\u2018iga investitsiyalarni ko\u2018paytirish va \u201cyashil yo\u2018laklar\u201d yaratgan holda o\u2018zaro yetkazib berishnining samarali mexanizmlarini shakllantirish masalalari hisobga olinishi muhim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Yettinchi. \u201cIqlim\u201d kun tartibini va \u201cekologik toza rivojlanish\u201dni birgalikda ilgari surish hamkorligimizning dolzarb yo\u2018nalishidir.<\/p>\n<p>2026-yilga qadar O\u2018zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya generatsiyasi ulushini 25 foizga yetkazish, 2030 yilgacha esa parnik gazlarini chiqarishni 35 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqdamiz.<\/p>\n<p>\u201cYashil Ipak yo\u2018li\u201d tashabbusi doirasida muqobil energetika, quyosh va shamol elektr stansiyalari uchun butlovchi qismlar va uskunalarni mahalliylashtirish, tarmoq uchun kadrlar tayyorlash sohalariga Xitoy investitsiyalari va texnologiyalarini jalb qilish bo\u2018yicha hamkorlik \u201cyo\u2018l xaritasi\u201dni ishlab chiqishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Sakkizinchi. Madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash xalqlarimizning yanada yaqinlashishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash borasida Sizning, hurmatli Si Szinpin janoblari, tashabbusingiz rivoji sifatida kelgusi yilni \u201cMarkaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san\u2019ati yili\u201d deb e\u2019lon qilishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Yoshlar davlatlarimiz aholisining yarmini tashkil etishini hisobga olib, akademik va talabalar almashinuvlariga, yoshlar festivallari, forumlari va sport musobaqalarini o\u2018tkazishga alohida e\u2019tibor qaratish muhimdir.<\/p>\n<p>Hurmatli hamkasblar!<\/p>\n<p>Raqobat kuchayib borayotgan va jahonning turli nuqtalarida mojarolar davom etayotgan sharoitda mintaqaviy xavfsizlikni ta\u2019minlash, shu jumladan \u201cuch yovuz kuch\u201dga qarshi kurashish borasida yanada yaqin hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Qozog\u2018iston xalqining donishmandligi va Qozog\u2018iston Prezidenti Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevning qat\u2019iy harakatlari tufayli mamlakatdagi vaziyat normallashgani bizni quvontiradi.<\/p>\n<p>Xavfsizlik \u2013 bo\u2018linmas, Qozog\u2018istonda tinchlik \u2013 butun mintaqamizdagi barqarorlik garovidir.<\/p>\n<p>Afg\u2018onistondagi vaziyatning barqarorlashuvi va ushbu mamlakatda gumanitar inqiroz kuchayishining oldini olish \u00a0ustuvor masalalarimiz qatoriga kiradi.<\/p>\n<p>\u201cXavfsiz Ipak yo\u2018li\u201d konsepsiyasini amalga oshirish yo\u2018lida Afg\u2018oniston yo\u2018nalishidagi sa\u2019y-harakatlarimizni muvofiqlashtirishni davom ettirish muhimdir.<\/p>\n<p>Biz xitoylik hamkorlar bilan birgalikda Afg\u2018onistonda infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishdan ham manfaatdormiz.<\/p>\n<p>Hurmatli uchrashuv ishtirokchilari!<\/p>\n<p>Hamkasblarim tomonidan bildirilgan barcha tashabbus va takliflarni, shuningdek, bugungi sammit yakunlari bo\u2018yicha Qo\u2018shma bayonotni to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p>Ushbu hujjatda ko\u2018p qirrali sherikligimizni yanada mustahkamlashning muhim masalalariga doir umumiy yondashuvlar o\u2018z aksini topgan.<\/p>\n<p>Diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganining 30 yilligini nishonlash bo\u2018yicha ishlab chiqilgan rejani birgalikda amalga oshirishga tayyormiz.<\/p>\n<p>So\u2018zimning yakunida bugungi uchrashuv tashkil etilgani uchun Sizga, Si Siznpin janoblari, yana bir bor samimiy minnatdorlik bildiraman hamda Sizni va butun Xitoy xalqini yaqinlashib kelayotgan Bahor bayrami \u2013 Chunsze bilan muborakbor etaman.<\/p>\n<p>Xitoylik do\u2018stlarimizga Pekindagi qishki Olimpiya o\u2018yinlari muvaffaqiyatli o\u2018tkaziligini tilaymiz.<\/p>\n<p>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli Rais Si Szinpin janoblari! Muhtaram hamkasblar, aziz do\u2018stlar! Sizlarni samimiy qutlayman hamda Xitoy Xalq Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o\u2018rtasida diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bildirilgan tabriklarga qo\u2018shilaman. Si Szinpin janoblariga uchrashuvimiz tashkil etilgani uchun alohida minnatdorlik bildiraman. Hurmatli sammit ishtirokchilari! &nbsp; O\u2018tgan 30 yilda O\u2018zbekiston va Xitoy o\u2018rtasidagi har tomonlama strategik [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6542,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6541","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","wd-post",false],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6541","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=6541"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6541\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6543,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6541\/revisions\/6543"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6542"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=6541"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=6541"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=6541"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}