{"id":6521,"date":"2022-03-01T14:42:19","date_gmt":"2022-03-01T09:42:19","guid":{"rendered":"https:\/\/testga.uz\/?p=6521"},"modified":"2022-03-27T21:59:18","modified_gmt":"2022-03-27T16:59:18","slug":"investitsiya-faoliyati-va-strategik-rivojlanish-borasidagi-ustuvor-vazifalar-muhokama-qilindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/testga.uz\/?p=6521","title":{"rendered":"Investitsiya faoliyati va strategik rivojlanish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p>12-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizdagi barqarorlik va qulay investitsiya muhiti natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanmoqda. 2021-yilda jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8 milliard 100 million dollar to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiya o\u2018zlashtirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish o\u2018rni tashkil etilgan. Yangi korxonalar jami 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import o\u2018rnini to\u2018ldirish imkoniyatiga ega.<\/p>\n<p>Albatta, koronavirus pandemiyasi hali-hamon iqtisodiy jarayonlarga jiddiy ta\u2019sir o\u2018tkazmoqda. Shunga qaramay, eksportda izchil o\u2018sishga erishilmoqda. Xususan, 2020-yilda mamlakatimizda eksport miqdori 9 milliard dollardan oshgan bo\u2018lsa, 2021-yilda 12 milliard dollarni tashkil etgan. E\u2019tiborlisi, bunda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli ko\u2018paygan.<\/p>\n<p><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6523\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"851\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-300x199.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-1024x681.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/3-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Joriy yilda 9 milliard 500 million dollardan ziyod to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy sarmoyalarni o\u2018zlashtirish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalar ishga tushirish mo\u2018ljallangan. Eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda mutasaddilar ushbu ko\u2018rsatkichlarni tarmoq va hududlar kesimida ta\u2019minlash chora-tadbirlari bo\u2018yicha axborot berdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari har bir investitsiya loyihasini doimiy nazoratga olib, tashabbuskorlarga ko\u2018maklashish va o\u2018z vaqtida ishga tushirish bo\u2018yicha topshiriqlar berdi.<\/p>\n<p>Turizm, tibbiyot va mashinasozlik tarmoqlari, hududlardan Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, Navoiy va Xorazm viloyatlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish darajasi pastligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Shu bois ular bo\u2018yicha alohida dasturlar ishlab chiqib, qo\u2018shimcha sarmoyalar yo\u2018naltirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6524\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/2-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Prezidentimiz ishlab chiqarishni va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalasiga alohida e\u2019tibor qaratdi. Mahalliy mahsulotlar turini ko\u2018paytirish, bu borada tadbirkorlarni qo\u2018llab-quvvatlash va rag\u2018batlantirish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi. Jumladan, yurtimizda ishlab chiqarilmaydigan tovarlarni o\u2018zlashtirgan mahalliy korxonalar mahsulotlari kafolatli xarid qilinadi. Bu jarayonga hokim yordamchilarini ham jalb etish muhimligi aytildi.<\/p>\n<p>Aholi turmush sifatiga bevosita ta\u2019sir ko\u2018rsatadigan ta\u2019lim, tibbiyot, suv ta\u2019minoti, yo\u2018l va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda shaffoflikni ta\u2019minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Sog\u2018liqni saqlash sohasi, Orolbo\u2018yi mintaqasi uchun trast fondi kabi ijtimoiy muhim yo\u2018nalishlarga xorijiy grantlar jalb qilish muhimligi aytildi.<\/p>\n<p>Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lish masalasiga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev Prezident saylovi oldidan xalq bilan uchrashuvlarda har bir tumanda loyiha guruhlari va xolding kompaniyalari tashkil etilishini aytgan edi. Yig\u2018ilishda ushbu tizimni joriy etish borasida qilinayotgan ishlar taqdimoti ham o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6525\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"851\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-300x199.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-1024x681.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/03\/4-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari loyiha guruhlari mutaxassislarini bir tizim va metodologiya asosida ishlashga o\u2018qitish kerakligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda eksport masalasi atroflicha tahlil qilindi. Bu boradagi prognozlarni bajarish uchun sanoatga alohida ahamiyat qaratish, qo\u2018shimcha imkoniyatlarni ishga solish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi farmoniga muvofiq, Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilgan edi. Bu Agentlikka investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o\u2018rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli yo\u2018nalishlarini aniqlash, xalqaro tajriba asosida iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish va hududlarning investitsiya salohiyatini oshirish bo\u2018yicha takliflar ishlab chiqish kabi ko\u2018plab vazifalar yuklatilgan.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda mazkur Agentlikning tuzilmasi, shu kungacha qilingan ishlar va joriy yilgi rejalar haqida axborot berildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda Agentlik boshqarmalari shakllantirilgan, ularga yetakchi xorijiy universitetlarda o\u2018qigan, tashabbuskor va bilimli mutaxassislar jamlangan.<\/p>\n<p>Agentlikning bu yilgi rejasi 18 ta muhim tadbirdan iborat. Investitsiya loyihalarini ilgari surishning yangi mexanizmini joriy etish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish orqali investitsiya muhitini yaxshilash, investitsiya muhiti bo\u2018yicha hududlar reytingini yo\u2018lga qo\u2018yish, tadbirkorlarning tizimli muammolarini aniqlash va hal qilish bo\u2018yicha onlayn platformani ishga tushirish, Jahon banki bilan birgalikda to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish shular jumlasidan.<\/p>\n<p>\u2013 Bu Agentlik investitsiya hajmini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirishga zamin yaratadi. Shu bois, hudud va tarmoqlarni strategik rivojlantirish bo\u2018yicha \u201cyo\u2018l xaritasi\u201d ishlab chiqish, bunga xorijdan malakali mutaxassis va maslahatchilarni ham jalb qilish kerak, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Strategik rivojlantirish bo\u2018yicha metodologiya yaratib, uni har bir hudud va tarmoqda joriy qilish bo\u2018yicha aniq vazifalar belgilab berildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>12-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazildi. Mamlakatimizdagi barqarorlik va qulay investitsiya muhiti natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanmoqda. 2021-yilda jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8 milliard 100 million dollar to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiya o\u2018zlashtirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6522,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6521","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","wd-post",false],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6521","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=6521"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6521\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6526,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6521\/revisions\/6526"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6522"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=6521"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=6521"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=6521"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}