{"id":6508,"date":"2022-02-28T14:47:11","date_gmt":"2022-02-28T09:47:11","guid":{"rendered":"https:\/\/testga.uz\/?p=6508"},"modified":"2022-03-27T21:59:18","modified_gmt":"2022-03-27T16:59:18","slug":"prezident-davlat-xavfsizlik-xizmatining-harbiy-talim-muassasalari-majmuasini-borib-kordi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/testga.uz\/?p=6508","title":{"rendered":"Prezident Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta\u2019lim muassasalari majmuasini borib ko\u2018rdi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo\u2018mondoni Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta\u2019lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbarining 2019-yil 28-iyundagi qarorida o\u2018smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar tayyorlash bo\u2018yicha yangi tizim belgilangan edi. Unga muvofiq, O\u2018zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida \u201cTemurbeklar maktabi\u201d harbiy-akademik litseylari tashkil etildi.<\/p>\n<p>Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Temurbeklar maktabi uchun poytaxtimizning Yunusobod tumanida yangi bino qurildi.<\/p>\n<p><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6510\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/2.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/2.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/2-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/2-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Tashrif chog\u2018ida Prezidentimizga harbiy-akademik litseydagi o\u2018qitish tizimi haqida ma\u2019lumot berildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari 2020-yil oktabrda bu yerga kelganida hamda Xavfsizlik kengashining o\u2018tgan yilgi yig\u2018ilishida harbiy ta\u2019limni takomillashtirish, yoshlarni yurtimiz tarixi va bobolarimiz jasorati asosida vatanparvar etib tarbiyalash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar bergan edi.<\/p>\n<p>Temurbeklar maktabida o\u2018qish shunday tashkil etilgan. Buning uchun beshta kafedra: aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar, psixologiya va tarbiya fanlari hamda kasbiy-amaliy fanlar kafedralari ochilgan. Ularga yuqori malakali pedagoglar ochiq tanlov asosida qabul qilingan.<\/p>\n<p>Litsey tarix fani va xorijiy tillarga ixtisoslashgan. Yoshlar orasida bu yerda o\u2018qishga intilish juda kuchli. Joriy o\u2018quv yilida 5 ming 600 nafar talabgordan eng bilimli 100 nafari saralab olingan. Bugungi kunda 220 nafar o\u2018quvchi saboq olmoqda.<\/p>\n<p>Prezident lingafon, psixodiagnostika va ma\u2019naviyat xonalarini kirib ko\u2018rdi. Amir Temur merosini o\u2018rganish markazida yoshlar bilan suhbatlashdi.<\/p>\n<p>&#8212; Mana shunday ilg\u2018or maktabda o\u2018qiyotganingiz bilan sizlarni, ota-onalaringizni tabriklayman. Sizlar yangi O\u2018zbekistonning qanotisizlar. Bu qanotlar nima bilan kuchli bo\u2018ladi? Bilim bilan! Kamida ikki-uchta tilni, aniq fanlarni va tariximizni mukammal bilishingiz kerak. Mana, bu maktabda psixologiya fanini ham kiritdik, uniyam yaxshi o\u2018rganing. Sizlarda hamma imkoniyat bor, &#8212; dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6511\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/3.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/3.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/3-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/3-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/3-768x512.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Shu yerda videokonferensiya orqali Toshkent, Nukus, Farg\u2018ona va Shahrisabz shaharlaridagi Temurbeklar maktabi o\u2018quvchilari bilan ham muloqot bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ushbu maktablar o\u2018quvchilari o\u2018rtasida ma\u2019naviyat bo\u2018yicha tanlov o\u2018tkazish, Temur tuzuklarining har bir tuzugi bo\u2018yicha ilmiy sharhlar yozish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari litsey kutubxonasida ham bo\u2018ldi. U yerda kitob o\u2018qib o\u2018tirgan yigitlar ta\u2019lim maskanida yaratilgan sharoitlar, o\u2018quvchilar o\u2018rtasidagi do\u2018stona muhit haqida so\u2018zlab berdi. Ular orasida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham bor.<\/p>\n<p>&#8212; Mamlakatimizda hech bir bola e\u2019tibordan chetda qolmaydi, hammasining rivojlanishi uchun sharoit yaratayapmiz. Faqat qaysi yosh o\u2018zini qiynab, vaqtini bekor o\u2018tkazmay, ko\u2018proq bilim olsa, kelajakda muvaffaqiyatga erishadi. Hamma buyuklik niyatdan keladi, mehnatdan keladi, &#8212; dedi Prezident.<\/p>\n<p>Litseyning o\u2018quv binosi, sport zali, yotoqxona, oshxona, tibbiy xizmat markazida eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, majmua harbiy mashg\u2018ulotlar maydoni, stadion, suv havzasi, avtodrom va platsni o\u2018z ichiga olgan.<\/p>\n<p>Temurbeklar maktabining Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi bilan yonma-yon barpo etilgani ham ahamiyatli. Bu yerda talabalar va o\u2018quvchilar hamohang muhitda, ustoz-shogird, aka-uka bo\u2018lib kamolga yetadi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-6512\" src=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/4.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/4.jpg 1280w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/4-300x200.jpg 300w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/4-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/testga.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/4-768x512.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Prezident ushbu akademiyadagi sharoitlarni ham ko\u2018zdan kechirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo\u2018mondoni Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta\u2019lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 28-iyundagi qarorida o\u2018smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar tayyorlash bo\u2018yicha yangi tizim belgilangan edi. Unga muvofiq, O\u2018zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6509,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6508","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","wd-post",false],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6508","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=6508"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6508\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6513,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6508\/revisions\/6513"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6509"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=6508"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=6508"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=6508"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}