{"id":6360,"date":"2021-11-19T07:35:55","date_gmt":"2021-11-19T02:35:55","guid":{"rendered":"https:\/\/testga.uz\/?p=6360"},"modified":"2022-03-27T21:59:18","modified_gmt":"2022-03-27T16:59:18","slug":"qoraqalpogistonda-amalga-oshiriladigan-investisiya-loyihalari-taqdimoti-otkazildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/testga.uz\/?p=6360","title":{"rendered":"Qoraqalpog&#8217;istonda amalga oshiriladigan investisiya loyihalari taqdimoti o&#8217;tkazildi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoev 9-mart kuni Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasida amalga oshiriladigan investisiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari 2020-yil 2 oktabr kuni Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Jo&#8217;qorg&#8217;i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash bo&#8217;yicha ko&#8217;rsatmalar bergan edi. Shundan so&#8217;ng, mutaxassislar tomonidan har bir shahar va tumandagi imkoniyat va muammolar o&#8217;rganilib, takliflar ishlab chiqildi. Ular asosida, o&#8217;tgan yili 11-noyabrda Prezidentning &#171;2020-2023-yillarda Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p>Taqdimotda, avvalo, mazkur qaror ijrosi doirasida muhandislik va yo&#8217;l infratuzilmasini rivojlantirish, mahalla va ovullarda turmush sharoitlarini yaxshilash, aholi bandligini ta&#8217;minlash bo&#8217;yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma&#8217;lumot berildi.<\/p>\n<p>O&#8217;tgan yili Qoraqalpog&#8217;istonda umumiy qiymati 436 million dollarlik 712 ta loyiha amalga oshirilib, 4 ming 300 dan ziyod ish o&#8217;rni yaratilgan. Joriy yilning yanvar&#8217;-fevral&#8217; oylarida esa 52 ta loyiha bajarilib, 300 dan ortiq kishining bandligi ta&#8217;minlangan.  <\/p>\n<p>Bu boradagi ishlar tizimli davom ettirilmoqda. Xususan, umumiy qiymati 887 million dollardan ziyod bo&#8217;lgan yana 711 ta loyiha shakllantirilgan. Sohalar kesimida aytganda, ularning 201 tasi sanoat, 280 tasi xizmat ko&#8217;rsatish, 230 tasi qishloq xo&#8217;jaligi tarmoqlaridadir. Barcha loyihalar natijasida qariyb 222 million dollarlik ishlab chiqarish quvvati tashkil etish, 100 million dollarlik import o&#8217;rnini bosish hamda 41 million dollarlik eksportni ta&#8217;minlash mumkin bo&#8217;ladi. 22 mingdan ortiq yangi ish o&#8217;rni yaratiladi.<\/p>\n<p>Qoraqalpog&#8217;iston zamini mineral resurslarga boy. Ularni qayta ishlab, qurilish materiallari tayyorlash maqsadida 150 ta loyiha rejalashtirilgan. Natijada yiliga 1 trillion so&#8217;mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarilib, qo&#8217;shimcha 3 million dollarlik eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Masalan, Mo&#8217;ynoq tumanida keramika va qamishdan plitalar, To&#8217;rtko&#8217;l tumanida oyna ishlab chiqarish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>To&#8217;qimachilik sohasida 40 ta, farmasevtika yo&#8217;nalishida 16 ta korxona tashkil etish mo&#8217;ljallangan. Bu korxonalarda 5 mingdan ortiq kishi ish bilan ta&#8217;minlanadi.<\/p>\n<p>Ulardan biri \u2013 artemiya sistasini qayta ishlash bo&#8217;yicha loyiha. Qisqichbaqasimonlar oilasiga mansub ushbu mitti jonzotdan tayyorlanadigan mahsulotlar tibbiyot, farmasevtika, kosmetologiya, qishloq xo&#8217;jaligi kabi ko&#8217;plab sohalarda foydalaniladi. Shu bois 30 million dollar evaziga korxona tashkil etib, yiliga 3 ming 500 tonna artemiya sistasini qayta ishlashni yo&#8217;lga qo&#8217;yish rejalashtirilgan. Uning eksport quvvati 30 million dollar bo&#8217;lishi mo&#8217;ljallangan. Bu yerda 500 ta doimiy, 2 mingta mavsumiy ish o&#8217;rni yaratiladi.<\/p>\n<p>Qizilmiya ildizini chuqur qayta ishlash bo&#8217;yicha yana 13 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning samarasida qizilmiya mahsulotlari eksporti miqdorini hozirgi 29 million dollardan 62 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Qoraqalpog&#8217;istonning qishloq xo&#8217;jaligi sohasidagi imkoniyatlari ham juda keng. Masalan, chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik bo&#8217;yicha 117 ta loyiha ishlab chiqilgan. Ularning samarasida 7 mingga yaqin kishining bandligi ta&#8217;minlanadi. Ahamiyatlisi, ushbu loyihalarning 24 tasi go&#8217;sht, sut va terini qayta ishlash, omuxta yem ishlab chiqarishga yo&#8217;naltirilgan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari xorijiy tajribani tatbiq etgan holda, naslli chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish zarurligini ta&#8217;kidladi. Resurslarni to&#8217;la ishga solib, qayta ishlashni chuqurlashtirish, aholiga doimiy daromad manbai yaratish chora-tadbirlari yuzasidan ko&#8217;rsatmalar berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoev 9-mart kuni Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasida amalga oshiriladigan investisiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari 2020-yil 2 oktabr kuni Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Jo&#8217;qorg&#8217;i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash bo&#8217;yicha ko&#8217;rsatmalar bergan edi. Shundan so&#8217;ng, mutaxassislar tomonidan har bir shahar va tumandagi imkoniyat va muammolar o&#8217;rganilib, takliflar ishlab chiqildi. Ular asosida, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6361,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6360","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","wd-post",false],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6360","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=6360"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6360\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6362,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6360\/revisions\/6362"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6361"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=6360"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=6360"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=6360"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}