{"id":2224,"date":"2017-09-30T14:50:59","date_gmt":"2017-09-30T14:50:59","guid":{"rendered":"http:\/\/themes.webdevia.com\/call-center-customer-services-wordpress-theme\/?p=62"},"modified":"2022-03-27T21:59:18","modified_gmt":"2022-03-27T16:59:18","slug":"three-ways-to-optimize-your-pricing-strategy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/testga.uz\/?p=2224","title":{"rendered":"Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilayotgan bog&#8217; hududiga tashrif buyurdi."},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilayotgan bog&#8217; hududiga tashrif buyurdi.<\/p>\n<p>Daraxtzorlar \u2013 yurtga chiroy beradigan, hayot sifatini oshiradigan manbalardan. Shu maqsadda shahar va tumanlarimizda yangi bog&#8217; va sayilgohlar tashkil etilmoqda. Bunday &#171;yashil hududlar&#187; so&#8217;nggi yillarda ko&#8217;plab qurilishlar bo&#8217;lib, tobora rivojlanib borayotgan Toshkent shahri uchun, ayniqsa, muhim.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan poytaxtimiz yaqinida ulkan manzarali bog&#8217; barpo etilmoqda. 25-fevral kuni ushbu bog&#8217; loyihasi muhokama qilingan edi. Bugun unga ilk ko&#8217;chatlar ekildi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan bu yerga parlament va hukumat a&#8217;zolari, Toshkent shahri jamoatchiligi, nuroniylar, ilm-fan va san&#8217;at vakillari, sportchilar, yoshlar yig&#8217;ildi.<\/p>\n<p>\u2013 Bugungi muborak Ramazon kunlarida sizlar bilan ko&#8217;rishib turganimdan xursandman. Xalqimiz uchun munosib sharoitlar yaratish bo&#8217;yicha ko&#8217;p ishlarni boshlaganmiz. Xudo xohlasa, mana shu bahavo joyda 104 gektarlik bog&#8217; barpo etmoqchimiz. Bu xayrli ishning boshlanishi hozirgi ulug&#8217; ayyom kunlariga to&#8217;g&#8217;ri kelgani ham xosiyatli, deb o&#8217;ylayman, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Yangi bog&#8217; nafaqat manzarasi, landshafti, balki mazmuni bilan ham alohida e&#8217;tiborga molik. Bog&#8217;ning umumiy ko&#8217;rinishi xuddi ulkan daraxtning beshta shoxi shaklida bo&#8217;ladi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo&#8217;nalishini ifodalaydi.<\/p>\n<p>Bog&#8217;ni oddiy park emas, eng avvalo, yuksak madaniyat va ma&#8217;naviyat maskaniga aylantirish maqsad qilingan. Bu yerda odamlar tabiat qo&#8217;ynida osuda dam oladigan so&#8217;lim hududlar yaratiladi. Kashtan, eman, chinor, lola, lipa bog&#8217;lari barpo etilib, noyob manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekiladi. Sun&#8217;iy ko&#8217;l, sport maydonlari, bolalar o&#8217;yingohlari, favvoralar quriladi.<\/p>\n<p>Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag&#8217;ishlangan Istiqlol majmuasi ham shu yerda barpo etiladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz bu majmuaning tarixiy-g&#8217;oyaviy ahamiyatini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>&#8212; Bu yil mustaqilligimizning 30 yilligini nishonlaymiz. Lekin davlatchiligimiz 3 ming yillik. Bu ana shu buyuk tarixni ko&#8217;rsatadigan majmua bo&#8217;ladi. Bu yerga kelgan yoshlarimiz, chet ellik mehmonlar ham shuni anglaydigan dalillar aks ettiriladi, &#8212; dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev bu bog&#8217; O&#8217;zbekistonning yangi qiyofasini, ulkan salohiyatini, ko&#8217;pmillatli xalqimizning jipsligi va ahilligini namoyon etadigan majmua bo&#8217;lishi kerakligini ta&#8217;kidladi. Shuni hisobga olib, bu muhtasham boqqa &#171;Yangi O&#8217;zbekiston&#187; deb nom berishni taklif etdi. Yig&#8217;ilganlar bu taklifni qo&#8217;llab-quvvatladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari jamoatchilik bilan birga yangi boqqa ko&#8217;chatlar o&#8217;tqazdi.<\/p>\n<p>Avval xabar qilinganidek, mazkur bog&#8217;ning yonida Olimpiya shaharchasi ham bunyod etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilayotgan bog&#8217; hududiga tashrif buyurdi. Daraxtzorlar \u2013 yurtga chiroy beradigan, hayot sifatini oshiradigan manbalardan. Shu maqsadda shahar va tumanlarimizda yangi bog&#8217; va sayilgohlar tashkil etilmoqda. Bunday &#171;yashil hududlar&#187; so&#8217;nggi yillarda ko&#8217;plab qurilishlar bo&#8217;lib, tobora rivojlanib borayotgan Toshkent shahri uchun, ayniqsa, muhim. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6358,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2224","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","wd-post",false],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2224","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=2224"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2224\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6359,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2224\/revisions\/6359"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6358"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=2224"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=2224"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/testga.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=2224"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}