Yangiliklar

O‘quv mashg‘ulotlari

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Transport universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari, “Avtoyo‘linvest” agentligi, “O‘zyo‘lklaster”, “O‘zyo‘lloyiha” byurosi instituti, Transport vazirligi huzuridagi yo‘l nazorat inspeksiyasi xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Yaponiyaning JAPAN OVERSEAS CONSULTINGS kompaniyasi mutaxassislari Yaponiya tajribasi asosida ko‘priklarni diagnostika qilish va baholash bo‘yicha o‘zlarining nazariy va amaliy tajribalarini o‘rgatdilar.

Read More icon

Эндиликда қаерда ички йўл қуриш ҳамда йўлларни таъмирлашни фуқароларнинг ўзи ҳал қилади

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида Автомобиль йўллари қўмитаси ахборот хизмати раҳбари Нилуфар Жумаева иштирокида брифинг ташкил этилди. Қайд этилишича, айрим автомобиль йўлларини қайта қуриш ва таъмирлаш ишлари йилдан-йилга чўзилиб кетмоқда ва ҳамон якунига етказилмаган. Шунга кўра, йўл хўжалигини бошқаришнинг замонавий тизимини яратиш ва рақамлаштириш, соҳада сифат назоратини кучайтириш талаб этилади. Жорий йил 10 октябрдаги давлатимиз […]

Read More icon

«HAR MILLAT-KI O‘Z TILI BILAN FAXRLANISHI KERAK!»

Millatlarni, xalqalrni o‘zaro muloqot va aloqa munosabatlarini tiklovchi shunday bir muhim vosita borki, uni ortiqcha ta’riflashga hojat qolmagay. Bu betakror olamiyon ko‘zgu — til! O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi majlislar zalida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Davra suhbati […]

Read More icon

YO‘L  ASL HOLATIGA KELTIRILDI

4R91j Xonobod qishlog‘iga avtomobil yo‘lining Qarshi shahar Navoiy ko‘chasi kesishuvidagi chorraha ancha serqatnov sanaladi. Mazkur yo‘lning 2 — km qismida joylashgan svetafor atrofidagi suv quvurlarida kuzatilgan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilgach, yo‘l yana avvalgidek yo‘lsozlar tomonidan avtomobil va piyodalar qatnovi uchun shay holga olib kelindi. Bunda Qarshi YMFKga qarashli Lutfulla O‘roqov boshchiligidagi 185-A yo‘l bo’limi […]

Read More icon

Ҳудудларда йўллар сифати яхшиланмоқда

Олис ҳудудлардаги айрим ички йўлларнинг носозлиги-ю, ёмғирли кунларда ўша йўллар сабаб эл бошига тушадиган ташвишлар ҳеч кимга сир эмас. Автомобиль йўллари қўмитаси ахборот хизмати раҳбари Нилуфар Жумаева маълумотларига кўра, республика бўйлаб йўлларда ҳаракат хавфсизлигини таъминлаш, йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш, янги йўлларни барпо этиш, параллель кўчаларни ташкил этиш борасида бир қатор ишлар олиб борилмоқда. Хусусан, Қашқадарё […]

Read More icon
1 73 74 75 76 77 159